WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Poroshenko va Zelenskiyning prezidentlik debatlariga xorijliklar chipta sotib olmoqchi
Poroshenko va Zelenskiyning prezidentlik debatlariga xorijliklar chipta sotib olmoqchi
“Olimpiya” milliy sport kompleksi rahbariyati xorijliklarning prezidentlikka nomzodlar — Pyotr Poroshenko va Vladimir Zelenskiyning bahslari uchun bilet sotib olish istagi borligini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Olimpiya” MSK bosh direktori o‘rinbosari Viktor Anisimovning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy elektron pochtasiga bu haqda ko‘plab murojaatlar kelmoqda.
“Ukraina oddiy fuqarolaridan tortib, davlat arboblarigacha, hamma debatga qatnashishni istaydi va joylarni band qilishmi so‘rashmoqda”, — deydi Anisimov.
Shuningdek, Angliya va Germaniya aholisidan ham chipta sotib olish haqida talablar tushdi.
Shu bilan birga, u bahs-munozaralar kuni hali aniq emasligini ta’kidladi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?