» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” bugun “Napoli” bilan jang qiladi, “Chelsi” esa “Slaviya”ni sinovdan o‘tkazadi (anons)

Yevropa Ligasi. “Arsenal” bugun “Napoli” bilan jang qiladi, “Chelsi” esa “Slaviya”ni sinovdan o‘tkazadi (anons)


18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 finalining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi o‘z maydonida Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi bilan jang qiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqichning dastlabki uchrashuvida londonliklar “Emireyts” stadionida neapolliklarni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Shu kuni Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” o‘z uyida Chexiyaning “Slaviya Praga” klubini sinovdan o‘tkazadi. Ma’lumot uchun, chorak finalning ilk bahsida “aristokratlar” Praga klubini Markos Alonsoning kiritgan yagona goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).

Yevropa Ligasi

1/4 final bahslari

18-aprel, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют