» » Bosh prokuratura 2019-yilning birinchi choragida jinoyat oqibatida yetkazilgan 330,8 mlrd so‘m moddiy zararni undirdi

Bosh prokuratura 2019-yilning birinchi choragida jinoyat oqibatida yetkazilgan 330,8 mlrd so‘m moddiy zararni undirdi


Prokuratura organlari tomonidan 2019-yil uch oyi davomida tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni aniqlash va undirish choralari ko‘rib borilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Statistik hisobotlarga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari yuzasidan prokuratura organlarida 2019-yil uch oyi davomida jami 603 ta (2018-yilda 527 ta) iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari ish yurituvga qabul qilinib, ular yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Prokuratura organlari tomonidan 2019-yilning uch oyi davomida jami 330,8 milliard so‘m (121,3 milliard so‘m) miqdorida zararlar aniqlanib, shundan 303,9 milliard so‘mi (115,6 milliard so‘m) yoki 91,9 foizi (95,3 foizi) tergov davomida undirilgan bo‘lsa, qolgan 26,9 milliard so‘mi (5,7 milliard so‘m) yoki 8,1 foizi (4,7 foizi) zararni undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Shundan davlatga yetkazilgan 293,2 milliard so‘m (98,2 milliard so‘m) zarar undirildi.

Shuningdek, 2018-yil uch oyi davomida davlat ulushi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarga yetkazilgan jami 6,2 milliard so‘m undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning uch oyida 11,6 milliard so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan yilning uch oyi davomida 29,5 milliard so‘m pullar naqd pul shaklida undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 159,6 milliard so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 5,4 barobarga oshgan bo‘lsa, 28.8 milliard (16.1 milliard so‘mlik zararni pul ko‘chirish yo‘li bilan undirilishi ta’minlangan.

Mazkur yo‘nalishda ishlar tizimli davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют