» » Luis Suares “Barselona” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirdi

Luis Suares “Barselona” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirdi


23-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 34-turida “Barselona” hujumchisi Luis Suares “Alaves” darvozasiga penaltidan gol urdi (2:0).

Bu urugvaylikning kataloniyaliklar safida La Liga doirasidagi 131-goli bo‘ldi. Natijada Suares klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib, “Barselona”ning sobiq hujumchisi Ladislao Kubalaga yetib oldi.

La Ligada gol urish bo‘yicha klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messi hisoblanadi. Uning hisobida 416 ta gol mavjud. Ikkinchi o‘rinni esa Sesar Rodriges egallab turibdi (190).

Eslatib o‘tamiz, Luis Suares joriy mavsum Ispaniya chempionatida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют