» » Ortiqxojayev uni rosa tanqid qilgan investor bilan uchrashdi. Uchrashuvdan song u hokimni maqtadi, Soliq qomitasi tekshiruv boshladi

Ortiqxojayev uni rosa tanqid qilgan investor bilan uchrashdi. Uchrashuvdan song u hokimni maqtadi, Soliq qomitasi tekshiruv boshladi


Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxojayev 27-aprel kuni shahar hokimligi binosida investor Muhammadbobur Xojayev va uning sherigi, xususiy quruvchi Aziz Zokirov bilan muloqot otkazdi. Unda hokimilik vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab hokim Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Milliy markazi rahbari Akmal Saidov tomonidan yuborilgan xatni oqib eshittirdi. Unda Muhammadbobur Xojayevga tegishli Rishton kochasidagi 106-uyning buzilishi natijasida 600 kishi ishsiz qolib, tadbirkor 1,35 million dollar zarar korgani takidlangan va OAVda tarqalayotgan xabarlarni qonuniy va adolatli korib chiqish soralgan.

Tadbirkor Muhammadbobur Xojayev jurnalistlar va yigilganlarni korib hayron qolganini bildirdi. Shahar hokimi esa hukumatdan ham, odamlardan ham yashiradigan ishi yoqligi va tadbirkorlarni ham yashiradigan narsasi bolmasa, muloqotni davom ettirish lozimligini takidladi. Ayni vatqda, hokim Ortiqxojayev dastlab tadbirkorlarni tinglashni, keyin oz fikrlarini bildirishini taklif qildi.

Muhammadbobur Xojayev Mirzo Ulugbek tumanida shahar militsiya bolimini qurib bergani, bosh vazir Abdulla Aripovning ogzaki topshirigi bilan uning ogir sharotidagi aholi uchun qurgan uch qavatli 106-uyi buzib tashlanlagini aytib otdi. Uning takidlashicha, songgi vaqtlarda hokimlik unga qarshi katta kuch tashlamoqda.

Farq shundaki, odamlar bizdan uy sotib oldi, chunki bu uylarning narxlari barchani qoniqtirgan. Biz xaridorlardan intervyu oldik, ular mamnun. Biroq ommaviy axborot vositalari, hokimlik odamlari borib, menga va quruvchilarga qarshi yomon narsalarni aytishlari uchun maxsus odamlar bilan suhbatlashmoqda, dedi Xojayev.

Hokimning bularning ortida kim turgan va kim bosim otkazgan degan savoliga, Muhammadbobur Xojayev royxatni albatta berishi, biroq hozir bunga tayyor emasligini, hokimlikka mojaro istab emas, murosa uchun kelganini takidladi.

Bizning uylarda kamchiliklar bor, uylarimiz mukammal yoki muhtasham deb ayta olmayman... Kvadraturasi kichik bolishi mumkin, oshxonasi balki kichikdir... Bazi uylar tor qurilgan, ayrimlari mukammal, hech qanday kamchiliklarsiz qurilgan, dedi Muhammadbobur Xojayev.

Investor hokimlik bilan kelishish va masalani uzil-kesil hal etish istagida ekanligini bildirdi. Unga kora, muammolar yuzasidan turli xalqaro hamjamiyatga chiqishiga sabab shu kungacha na hokimlik, na prokuratura unga yordam berishni taklif qilmagan. Nima sababadan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaganiga: Men murojaat qilmadim, chunki ular qanday ishlashini, umuman bu tizim qandayligi bilaman, deya javob berdi.

Jahongir Ortiqxojayev investor avvalroq yetkazilgan zarar 1,35 millon dollar emas, balki 600 ming dollarni tashkil etgani haqida gapirganini eslatdi va u nimalardan iborat ekanini soradi. Qurilish materiallari, ishchilar oyligi, shahar militsiya bolimi qurilishi xarajatlari hamda (Rishton kochasidagi) binoning buzilishi, deya javob berdi tadbirkor. Uning sherigi Aziz Zokirov 600 ming dollarni Muhammadbobur Xojayev kiritgani, yana 200 ming dollar garov sifatida Real House kompaniyasidan olinganini malum qildi. Hokimning aytishicha, kam taminlanganlar uchun uylar sotib olish soroviga Real House kompaniyasi ham yordam berishga rozi bolgan edi.

Muhammadbobur Xojayevning aytishicha, shahar militsiya bolimini qurish boyicha Mirzo Ulugbek tumani xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining sobiq raisi Elshon Azizov tuman hokimi nomidan kelib, bosim otkazgan. Aks holda uylarni buzishga sudga davo kiritilishini aytgan.

Biz: oylab korishga vaqt bering, dedik. Bizga vaqt yoqligini aytishdi. Biz suhbatlashib olguncha uylarni buzish togrisidagi davo keldi. Biz shahar militsiya bolimini qurib beramiz, nima bolganda ham mahallamiz uchun-ku, dedik. Shundan song barcha davolar yoq boldi. Men buning fantastik ravishda ishlashidan hayron qoldim, dedi u.

Hokim Rishton kochasidagi qariyb qurib bitkazilgan uch qavatli 106-uyni qurilishda yongin xavfsizligi meyorlari javob bermasligi, eskiz loyiha bilan amalda qurilgan uy bir-biriga mos kelmasligini korsatib otdi. Tadbirokor obyektni qurishda loyihaga ozgartishlar kiritilgani, uyning buzilishini shahar militsiya bolimi xodimlari qarshiligi tufayli toxtata olmaganini aytdi.

Uy buzilishidagi barcha muammolarni va moddiy zararlarni qoplashga zimmasiga olishga hokim Muhammadbobur Xojayevdan tayyorligini soradi Tadbirkor esa ayrim kamchiliklar borligini tan oldi. Jahongir Ortiqxojayev uylarning qurilish-texnik ekspertizasi, ularning xavfsizlik standartlariga javob berishini baholash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilishni taklif etdi. Bunga tadbirkor avvaliga rozi boldi, lekin uy sud qarorisiz buzilganidan keyin javobgarlikni oz boyniga olmasligini bildirdi.

Tadbirkor tomonidan kop qavatli uylarni qurishda Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi ruxsatnomasi, topografik xaritaga yer uchastkasini joylashtirish rejasi, kelishilgan va tasdiqlangan bosh reja loyihasi, uy qurilishi boyicha ishchi loyiha, ekspertiza va boshqa xatolar borligini Toshkent hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boyicha birinchi orinbosari Davron Hidoyatov aytib otdi. Muhammadbobur Xojayev esa yakka tartibdagi qurilishga bunday uylarni qurishga sanab otilgan talablar mos kelmasligini aytdi.

Jahongir Ortiqxojayevning aytishicha, dastlab hokim bolib vaqtda ogir sharoitlarda yashayotgan 100 nafardan ziyod yetimlarga Akfa va Artel kompaniyalari komagida Muhammadbobur Xojayevning hamkorlari Aziz va Ravshan Zokirovdan uy sotib olgan. Chunki hokimlik hisobida 2 milliard som mablag bolgan, xolos.

Artel va Akfa xodimlari Ramziddin Qochqorov va Bahodir Hakimovning sozlariga kora, kompaniyalar 4,8 millirad somga Avayxon va Qanot kochalaridagi uch qavatli uylardan 37 ta kvartira sotib olgan. Shartnomalarni rasmiylashtirishda tolangan 4,8 milliard som orniga hujjatda 200 million som korsatilgan. Chorsu bozorida 4,8 milliard som qora bozordan qariyb 500 ming dollarga ayirboshlangan. Lekin shartnomalarda kvartiralar hajmidan kelib chiqib 2, 3, 4 million som korsatilgan.

Ramziddin Qochqorov va Bahodir Hakimov shartnomadagi qoidabuzarliklar togrisida bila turib, tegishli organlarga malum qilmaganliklarini tan oldi. Bunga javoban quruvchi Aziz Zokirov kamroq pul korsatish tashabbusi kompaniyalar tomonidan ilgari surilganini qoshimcha qildi.

Jahongir Ortiqxojayev mablaglarni kassa apparatidan qanday aylantirib otilganini soralganda, quruvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida royxatdan otgani uchun kassa apparati yoqligini malum qildi.

Hokimning soroviga kora, zalga yigilganlar orasidagi bir erkak 25 ming dollarga Muhammadbobur Xojayev qurgan uylardan uch xonali kvartira sotib olganini, biroq hujjatda 3 million som korsatilganini aytdi (muloqotdan song tadbirkorligini aytdi, lekin ozini tanishtirish va intervyu berishni istamadi). Tadbirkorlarning fikricha, hokimlik bu odamni atayin jonatgan.

Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boyicha birinchi orinbosari Sherzod Hojizodayev ham oz fikrini bildirdi: 600 kishi ishlashi uchun rasmiy kompaniya royxatga olinishi kerak. Biz buni hali tekshiramiz. Agar shunday farq boladigan bolsa, 400 ming dollarni 100 million som sifatida korsatayapsiz, siz shaxsiy uy sifatida sotgan taqdiringizda ham, deklaratsiyada butunlay boshqa mablag chiqishi kerak edi. Buning ichiga kirishga bizning haqqimiz yoq albatta, lekin siz tolashingiz kerak bolgan soliqlar bir necha milliard chiqishi kerak.

Jahongir Ortiqxojayev 720 uyni sotishdan taxminan 22,5 milliard somlik soliq tolanishi kerakligini va soliq tolovchi, qonunni sevuvchi tadbirkorlarni hurmat qilaman qilishini qoshimcha qildi. Turar joyning real narxi 32 ming dollarga baholangan, biroq shartnomada 3 million som korsatilgani haqida hokimlik huquqshunosi Aleksey Xen ham oz fikrini bildirdi. Holatga javoban Muhammadbobur Xojayev oz huquqshunosi va buxgalterlari bilan kelmaganini aytib, alohida uchrashishni taklif qildi.

Biz tadbirkormiz, deb aytasiz. Tadbirkor soliq tolashi kerakmi? Tadbirkor kochmas mulk bozorida qonuniy faoliyat olib borishi uchun yuridik shaxs sifatida royxatdan otishi kerakmi?, deb soradi hokim. Muhammadbobur Xojayev u shaxsiy investor sifatida ishlashi va oz sheriklariga naqd shakldagi pullarni taklif etishini mehnat shartnomasi xususiy shaklda tuzilganini malum qildi. Aziz Zokirov esa 720 ta kvartirani sotish huquqiga egaligini, chunki ular xususiy mulk ekanini takidladi.

Jahongir Ortiqxojayev investor Xojayevning internetda songgi chiqishlariga unga zarar yetkazmaslik uchungina izoh bermaganini, lekin bu hokimlikni istaganicha bohton qilish mumkinligini anglatmasligini takidladi. Men bu yerga sizdan komak olish uchun keldim. Yosh tadbirkor qandaydir kamchiliklarga yol qoyishi mumkin, biroq u keyinchalik togri qurishi uchun yordam kerak. Jahon hamjamiyati oldida sizni yoki hokimlikni sharmanda qilish maqsadim yoq. Shunchaki meni qollab-quvvatlashlari, tushunishlari va yordam berishlarini istayman. Men bu yerga urishish uchun kelmadim, deya javob berdi Muhammadbobur Xojayev.

Aziz Zokirov xatolarni togrilashga vada berdi va ayrim kamchiliklarga yol qoyilganini tan oldi.

Bir yarim soatlik muloqotdan song hokim va tadbirkorlar ortasida yana bir soatcha suhbat bolib otdi. Ushbu yuzma-yuz suhbatning ayrim tafsilotlari haqida investor Muhammadbobur Xojayev Kun.uz nashriga bergan intervyusida aytib otdi.

Osha kuni Jahongir Obidovich bilan yuzma-yuz suhbatlashganimdan song, fikrlarim mutlaqo ozgardi. Yaxshi inson ekanlar, men notogri fikrda yurgan ekanman. Osha kuni menga oz xatolarimni korsatib, biznesimga aloqador tegishli maslahatlarini berdi. Ichida kibri yoq yaxshi inson ekanlar. Kochada juda kop tadbirkorlar bilan suhbatda bolganman. Ham katta tadbirkor, ham shahar hokimi bolib oddiy fuqaroga vaqt ajratganlari meni hayron qoldirdi, dedi investor. Xojayev keyingi oylar davomida turli nashrlarda masalani chuqur organmasdan bildirgan fikrlaridan afsusdaligi va buning uchun hammadan uzr sorashini aytib otdi.

Jahongir Ortiqxojayevning qurilish boyicha xalqaro ekspertlarni olib kelib, qurilgan uylarning sifatini tekshirtirish boyicha taklifiga munosabatini ham aytib otdi: Bu masaladan korqayotganim yoq. Bazi binolarda kamchiliklar bolgan. Bu masalada mijozlar bilan qonunan kelishib oldik. Men Allohdan boshqasidan qorqmayman. Kamera qarshisida oynaydigan aktyor ham emasman. Xatolarimni togrilayman. Hokim haqida tarqalgan kop mish-mishlar yolgon bolib chiqmoqda. Bu shaxsiy fikrim. Mana, yordam bermoqda. Boshqa insonlardan ham oz yordamini ayamasa kerak.

Kuni kecha esa Davlat soliq qomitasi soliq qonunchiligini buzgani uchun tadbirkor Muhammadbobur Xojayev va quruvchi Aziz Zokirovning faoliyatini organishni boshlagani malum boldi.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-05-2019, 20:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -