» » Rossiyalik deputat SSJ-100 samolyoti bilan bog‘liq hodisa sababi aniqlanmaguncha shu turdagi barcha samolyotlarning parvozini to‘xtatib turishni talab qildi

Rossiyalik deputat SSJ-100 samolyoti bilan bog‘liq hodisa sababi aniqlanmaguncha shu turdagi barcha samolyotlarning parvozini to‘xtatib turishni talab qildi


Rossiyalik deputat SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti bilan bog‘liq noxush hodisa sababi aniqlanmaguncha shu turdagi barcha samolyotlarning parvozi to‘xtatib turilishini talab qildi

Rossiya davlat dumasi deputati Mixail Romanov “Rosaviatsiya” rahbari Aleksandr Neradkodan SSJ 100 samolyotining qo‘nishiga bog‘liq masalani ko‘rib chiqishni talab qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. 5-may kuni “Sheremetyevo” aeroportida SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketgan edi.

Romanovning so‘zlariga ko‘ra, “Sheremetyevo”da sodir bo‘lgan noxush hodisaning sabablari aniqlanmaguncha shu turdagi barcha samolyotlarning parvozi to‘xtatib turilishini talab qilmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur samolyot modelidan Peterburg aholisi ham foydalanadi, shu sababli peterburgliklar hamda Rossiyaning boshqa shaharlari aholisi o‘rtasida katta norozilik yuzaga kelgan.

“O‘zim tez-tez Sankt-Peterburg — Moskva, Moskva — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha uchib turaman”, — deydi Romanov.

Moskvadagi “Sheremetyevo” aeroportida Murmanskka ketayotgan SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют