» » Oliy Majlis deputatlari hukumatga avtomobillarning kunduzi chiroq yoqib yurishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish boyicha taklif kiritdi

Oliy Majlis deputatlari hukumatga avtomobillarning kunduzi chiroq yoqib yurishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish boyicha taklif kiritdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Abdurashid Qodirov va Jamshid Pirmatov Ozbekistonda avtomototransport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Quyida uni toliq keltiramiz.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori bilan yol harakati qoidalariga ozgartirish kiritilgan edi.

Unga kora, jumladan, kunning yorug vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi. Aynan ushbu kiritilgan ozgartirish kopchilik fuqarolar tomonidan norozilik bilan qarshi olinib, bunday ozgartish kiritishga asoslar yetarli emasligi, transport vositalarining bugungi kundagi texnik holati mos kelmayotganligi kabi etirozli fikrlar bildirilmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga ham saylovchilar tomonidan shu mazmundagi koplab murojaatlar qilinmoqda.

Biz bu orinda yangi hujjatning ishlab chiqilishi va qabul qilinishidan asosiy maqsad haydovchi va piyodalarning xavfsizligini taminlashda yuqori natijalarga erishish nazarda tutilganligini etirof etamiz. Ammo...

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu masala boyicha quyidagilarni xulosa qilish mumkin.

Birinchidan, bizning sharoitimizdagi bunday qarorni qabul qilishda bir qator oziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan. Jumladan, Ozbekistonda yil davomida sutkaning asosiy qismi yorug vaqtga togri kelishi sababli piyodalar va yolovchilarning harakatlanishida inson kozining atrofni toliq ilgab olishi uchun quyosh yorugligining yetarli ekanligi.

Ikkinchidan, mamlakatimiz iqlim sharoitini inobatga olsak, yil davomida kunlarning asosiy qismi issiq, yogingarchilik kam, tuman va havo kam bulutli mintaqa ekanligi inobat olinmagan. Masalan, Moldovada bunday tartib faqat qish mavsumida amalga kiritilgan va tartibni buzganlik uchun jarima choralari qollanilmaydi.

Uchinchidan, kunduz kunlari, shu jumladan yoz faslida haroratning ota yuqori vaqtida ham chiroqlarning yoqib yurilishiga eski rusumdagi avtomobillarning mos holda ishlab chiqarilmaganligi.

Mazkur masalada Yevropa mamlakatlari tajribasiga tayanilsa, ularda bunday tartib 2011-yildan amalga kiritilgan bolib, barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilarga yangi avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarni ornatishi shartligi belgilangan. 2011-yilgacha ishlab chiqarilgan, avtomatik chiroqlari yonmaydigan avtomobil egalariga esa majburiy chiroqlarni yoqib yurish tartibi yoq.

Shundan kelib chiqib, mamlakatimizdagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan avtomobil olib kiruvchilarga ham chiroqlarning avtomatik ravishda yonib turishini taminlovchi faralar bilan jixozlash majburiyatini yuklash zarur boladi.

Tortinchidan, songi yillardagi amaliyotga mos ravishda ijtimoiy ahamiyatga ega muhim normativ huquqiy hujjatlar keng jamoatchilik muhokamasiga qoyilishi va bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilib, shunga mos ravishda korib chiqish boyicha huquqiy asos va amaliyot bolishiga qaramasdan hujjatda jamoatchilik fikri inobatga olinmagan.

Beshinchidan, 2016-yil sentabr oyiga qadar amalda bolgan Yol xarakat qoidalarining 138-bandidan kelib chiqib, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 128-moddasiga tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima belgilash boyicha Ozbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi ORQ-411-sonli Qonuni tahriridagi dispozitsiyasi deputatlar tomonidan maqullanib, qonun qabul qilingan edi.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yol harakati qoidalarining 138-bandiga kiritilgan Kunning yorug vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart degan ozgartirish Ozbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi ORQ-411-sonli Qonunining tegishli qismi konsepsiyasiga mos kelmaydi.

Oltinchidan, ushbu tartibga rioya etmaslik oqibatida tolanishi kerak bolgan jarima miqdorlari ortacha oylik ish haqlariga nisbatan Italiyada 85 marta, Latviyada 146 marta, Sloveniya 56 marta, Finlyandiya 82 marta kamni tashkil etadi. Bizda esa belgilangan jarima miqdori ortacha oylik ish haqiga nisbatan 16-17 marta kamni tashkil etmoqda.

Ushbu asoslardan kelib chiqqan holda biz bir guruh deputatlar Vazirlar Mahkamasi hamda Ichki ishlar vazirligiga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli qarori bilan yol harakati qoidalariga kunning yorug vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi boyicha kiritilgan ozgartirishni bekor qilish yoki jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomiliga yetkazish, shu jumladan, bunday qoidabuzarlik uchun jarima belgilamaslik masalasini korib chiqish boyicha taklif kiritdik.

Umid qilamizki, tez kunlarda mazkur masala ozining ijobiy yechimini topadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-05-2019, 15:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -