» » Samarqand viloyati IIB YHXB yo‘l qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlarni aholiga mukammal yetkazish maqsadida videorolik taqdim etdi

Samarqand viloyati IIB YHXB yo‘l qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlarni aholiga mukammal yetkazish maqsadida videorolik taqdim etdi


Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 9-aprel kuni imzolangan 292-sonli qarori bilan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zgartirilgan qo‘shimchani keng ommaga aniq va mukammal yetkazish maqsadida Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan videosharx tayyorlandi.

Xususan, kameralar faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida qoidaning 41-bandi birinchi xatboshisi quyidagicha qayta tahrir qilindi.

“41. Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini to‘xtash chizig‘i (5.33 yo‘l belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq bo‘lmaganda esa:”.

Demak endilikda mashinaning eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustida tursa ham qoida buzilgan sanaladi.

Shuningdek, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 78-bandi ikkinchi xatboshisi ham tahrir qilindi. Endilikda u quyidagi ko‘rinishda o‘qiladi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda, yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish bo‘laklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatib) vakolatlidir”.

Yo‘l-transport hodisalari tahlilidan kelib chiqgan holda hokimliklar DYHXX bilan kelishgan holda ayrim yo‘l uchastkalarida tezlikni pasaytirishi ham mumkin. Hokimlik tomonidan kiritilgan o‘zgartirish yo‘l belgilarini o‘rnatib, jihozlangach amalga oshiriladi.

Endilikda “Aholi punktlaridagi ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda to‘xtash va to‘xtab turishga ruxsat etiladi.

Ushbu o‘zgartirish ko‘cha va yo‘llar o‘tkazuvchanligining oshishiga xizmat qiladi.

Agar bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda harakat bo‘lagi bitta bo‘lib, o‘ng va chap tomonga transport vositasi to‘xtaganda boshqa transport vositalari yo‘lning ushbu qismidan o‘tishiga imkon qolmaydi.

89-band. Transport vositalarini yo‘lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda, kajavasi bo‘lmagan ikki g‘ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi.

Qoidalarning “Chorrahada harakatlanish” deb nomlangan bobining 98-bandiga kiritilgan o‘zgarish asosida “Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega”.

Shuningdek, ushbu qoidalarning 60-bandida haydovchi o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu o‘zgarish natijasida hozirgi kunda aylana bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositasi o‘ng tomondan aylanaga yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi natijasida aylanada yuzaga keladigan tirbandlik holatlari va kesishmaning o‘tkazuvchanligiga salbiy ta’siri bartaraf etiladi.

Amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ning “Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish” deb nomlangan bobining 138-bandida bir qator hollarda va ayrim transport vositalariga kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni ko‘rsatuvchi chiroqlarini yoqib yurish majburiyati yuklangan edi. Masalan, transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganida yoki yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishlitransport vositalari chiroqlarini yoqib yurishlari lozim edi. Endilikda ushbu band quyidagi tahrirda bayon etildi.

“Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”.

Bu narsa xavfsizlikni ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida joriy etildi. Sababi chiroqlari yoqilgan holda harakatlanayotgan transport vositasi tez e’tiborga tushadi. Haydovchi ham, piyoda ham uni o‘z vaqtida ilg‘ab olishiga imkon kengayadi.

Qoidalarning “Yuk tashish” deb nomlangan bobining 162-bandiga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shildi.

“(avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda) yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa”;

Ushbu bobning 164-bandi ham tahrir etildi va transport vositasi hamda tirkamalarning uzunligiga oydinlik kiritildi.

Qoidalarning velosipedchilarga taalluqli 168-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etildi.

“rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno)”. Endilikda velosipedchilar rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanishlari taqiqlandi. Bu velosiped haydovchilari bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Bulardan tashqari “Yo‘l harakati qoidalari”ning 1-va 2-ilovalariga ham qo‘shimchalar kiritildi. Bir qator yangi yo‘l belgilari joriy etildi.

“Albatta, amalga oshirilayotgan bu ishlarning barchasi yo‘llarimizda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday ekan harakat ishtirokchilari bu o‘zgarishlarni to‘liq o‘zlashtirishlari hamda uning talablariga amal qilishlari shart”, — deydi Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют