» » Telegram’ning shubhali kanallari “firibgarlik” yorlig‘ini ola boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor

Telegram’ning shubhali kanallari “firibgarlik” yorlig‘ini ola boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor


Telegram messenjeri ma’muriyati “firibgarlik” (scam) yorlig‘ini ishlata boshladi. U buni shubhali kanallar, akkauntlar va botlarga nisbatan qo‘llaydi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Bugungi kunda yorliq 49 ta kanalga, jumladan, O‘zbekistonning 1 ta kanaliga ham berilgan. “Qora ro‘yxat”da Rossiya yetakchilik qilmoqda (45 ta kanal).

Shuningdek, Ukrainaning 2 ta kanali va Buyuk Britaniyaning 1 ta kanali ham kirgan. Ko‘pchiligi “savdo” va “boshqa” kategoriyaga tegishli. Bunday kanallarning umumiy a’zosi 1,7 million kishini tashkil qiladi.

Xuddi shunday yorliqni shubhali hisoblangan kanal administratorlari ham olgan. Uni profildagi tasvirdan topish mumkin.

Firibgar deya e’tirof etilgan kanallarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki ichki havola orqali kirish mumkin. Ammo messenjerning qidiruv tizimi orqali topib bo‘lmaydi.

Xabarda aytilishicha, bunday yorliq berish TON blokcheyn-platformasidagi e’lon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Telegram bunday yorliqni olmaslik uchun qanday qoidalarga amal qilish kerakligi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют