» » Yangi Zelandiyada masjidga hujum qilgan shaxsga nisbatan terrorizm bo‘yicha ayblov ilgari surildi 

Yangi Zelandiyada masjidga hujum qilgan shaxsga nisbatan terrorizm bo‘yicha ayblov ilgari surildi 


Yangi Zelandiya politsiyasi Kraystcherchdagi ikkita masjidga hujum uyushtirgan Brenton Tarrantga terakt sodir etganlikda ayblamoqda, deb xabar berdi TJournal.

Qayd etilishicha, endilikda Tarrant uch modda bo‘yicha ya’ni terrorizm, 51 kishini o‘ldirish va yana 40 kishini o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda.

Politsiya hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

15-mart kuni qurollangan shaxslar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida joylashgan ikkita masjidga hujum uyushtirgan.

Ular masjid ichkarisiga kirib, otishma uyushtirgan. Hujum oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi jarohatlandi. 28 yoshli Brendon Tarrant hozirga qadar hujumda ayblanayotgan yagona shaxs. U hujumdan kop o‘tmay qo‘lga olingan. Tarrant umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют