» » Germaniya federal prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Germaniya federal prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer joriy yil 27—29-may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentlar O‘zbekiston rahbarining joriy yil 20—22-yanvar kunlari Germaniyaga amalga oshirgan tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotni davom ettirib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni muhokama qiladi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekiston va GFR yetakchi kompaniya va banklari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi, qator sanoat va boshqa obyektlar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Federal prezident Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Xiva shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют