» » Qozog‘iston senati Nursulton Nazarboyevga faxriy senator maqomini berdi

Qozog‘iston senati Nursulton Nazarboyevga faxriy senator maqomini berdi


Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi 30-may kuni o‘tkazilgan kengashda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga faxriy senator maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning ta’kidlashicha, davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev tantanali qasamyod qilish vaqtida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga faxriy senator maqomini berish taklifini kiritgan.

“Davlat rahbari tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda, Senat byurosi a’zolari ‘Faxriy senator’ maqomini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Senat kengashida faxriy senator maqomini berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilindi”, — deb izoh bergan Nazarboyeva.

Qayd etilishicha, endi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi kengashida ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq Putin, Lukashenko va Jeenbekov Nazarboyev ordeni bilan mukofotlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 04:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют