» » Markaziy bank O‘zbekiston aholisi mablag‘larini qayerda saqlashini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda

Markaziy bank O‘zbekiston aholisi mablag‘larini qayerda saqlashini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda


O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat fuqarolari o‘z mablag‘larini qayerda saqlashlarini aniqlash bo‘yicha anonim so‘rov o‘tkazmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun bir qator savollarga javob berish kerak. So‘rov mualliflari o‘zbekistonliklar xorij valyutasidagi jamg‘armalarini qayerda saqlashlariga qiziqmoqda: uyda, bankda yoki umuman pul yig‘maydilar.

Shuningdek, Markaziy bank fuqarolarda qancha miqdorda jamg‘arma borligi va qaysi valyutada saqlashini aniqlash niyatida.

Bundan tashqari bank respublika aholisi xorij davlatlariga borish-bormasligi hamda boshqa mamlakatlarda savdo-sotiq bilan shug‘ulanish yoki shug‘ullanmasligi bilan ham qiziqmoqda.

So‘rov ishtirokchilari “Xorijda qarinshdoshlaringiz yashaydimi?”, “Ular O‘zbekistondagi oilasiga moliyaviy yordam ko‘rsatadimi?”, “Oyiga qancha mablag‘ yuboradi?” kabi savollarga javob berishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют