» » O‘zbekiston Markaziy banki kartadan qancha miqdorda valyuta yechib olish mumkinligiga aniqlik kiritdi

O‘zbekiston Markaziy banki kartadan qancha miqdorda valyuta yechib olish mumkinligiga aniqlik kiritdi


O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari borasidagi so‘rovlar yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozadi Sputnik.

Bank matbuot xizmatining bildirishicha, yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin; eksport bilan shug‘ullanuvchi firma va boshqa subyektlar xorijiy valyutadan tushumini majburiy sotish talabisiz foydalanishlari mumkin.

Fuqarolar bank kartalaridagi xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz yechib olishlari, onlayn-tizimlar orqali o‘tkazishlari, ruxsatnomasiz 5 ming dollargacha mablag‘ni respublika tashqarisiga olib chiqishlari mumkin, faqat 2 ming dollardan ortiq mablag‘ bo‘lgan taqdirda majburiy deklaratsiyalash lozim bo‘ladi.

Yakka tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarining bankdagi hisobvarag‘idan naqd valyutani cheklanmagan miqdorda yechib olishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda shu yilning 1-noyabriga qadar tun-u kun ishlaydigan avtomatlashgan valyuta almashtirish punktlari ishga tushishi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют