» » David Luiz faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi

David Luiz faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi


“Chelsi” himoyachisi David Luiz “Arsenal”ga o‘tdi. Bu haqda “to‘pchilar”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Shartnoma shartlari ochiqlanmadi.

Futbolchining transfer narxi taxminan 8 million funtga baholanmoqda. 32 yoshli braziliyalik bilan tuzilgan shartnoma esa 2 yilga mo‘ljallangan. Luiz “Arsenal”da 23-raqam ostida to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik 2011—2014-yillarda, shuningdek, 2016—2019-yillar mobaynida “Chelsi” sharafini himoya qildi. Uning hisobida 248 ta uchrashuvda 18 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, David Luiz “ko‘klar” bilan birgalikda Angliya chempioniga aylandi. Shu bilan birga Yevropa Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ikki bor Angliya Kubogiga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 02:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют