» » Markaziy bank bir qator banklarga jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Markaziy bank bir qator banklarga jarima sanksiyalarini qo‘lladi


Markaziy bank ayrim banklar o‘z xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilarining huquqlari buzilishi holatlarini aniqladi, deb xabar beradi bank matbuot xizmati.

Xususan, “Ipoteka-bank” ATIB va “Xalq banki” ATBlarning tariflarida qonun hujjatlari bilan mijozlardan undirilishi taqiqlangan komissiya to‘lovlari mavjud bo‘lsa, “Davrbank” XATB o‘z faoliyatida mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik holatlariga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, “Davrbank” tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmat turlarining tarkibiga asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xizmatlar kiritilgan hamda bankning veb sayti va axborot stendlarida haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar joylashtirilgan.

Shu munosabat bilan, ushbu banklar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda, ularga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

“Asaka bank” ATB tomonidan o‘z mijoziga nisbatan shartnomaga muvofiq komissiya to‘lovlarini hisoblash tartibi qayta ko‘rib chiqilib, noto‘g‘ri hisoblangan 84 million so‘m miqdoridagi mablag‘ning mijozga qaytarilishi ta’minlandi.

“Markaziy bank bundan buyon ham bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish borasida qonun hujjatlari talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan qonuniy ta’sir choralarini qo‘llab boradi”, — deyilgan axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют