» » Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan noqonuniy olib o‘tilayotgan 115 dona pichoq va kastet to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan noqonuniy olib o‘tilayotgan 115 dona pichoq va kastet to‘xtatib qolindi


Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga piyoda kirib kelgan fuqaro R.N. o‘zi bilan olib kelgan qo‘l yuklarida taqiqlangan va deklaratsiyalanadigan tovarlar yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bojxona nazorati jarayonida bu narsa tamoman aksi bo‘lib chiqdi.

Ushbu shaxsning sumkasi ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 115 dona pichoq va kastet borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют