» » Foto: Amu—Buxoro kanalidagi yangi ko‘prik

Foto: Amu—Buxoro kanalidagi yangi ko‘prik


O‘zbekiston milliy avtomagistrali tizimidagi Qorovulbozor tumani orqali o’tuvchi G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beynov xalqaro avtomobil yo‘lidagi viloyatlararo Amu—Buxoro kanali ustida barpo etilgan yangi zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Investitsiya dasturiga kirgan ushbu obyekt Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi “Qashqadaryo ko‘prik xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan saqlash, ta’mirlash va foydalanish” korxonasi tomonidan qurilib, ushbu loyiha davomida 11 milliard 800 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Ko‘prikni loyihalashtirish ishlari 2016-yil iyulida boshlangan edi. O‘shanda 1961-yilda qurilgan eski ko‘prikning bir qismi qulab tushgan edi.

Ko‘prik avvalgisiga nisbatan uch barobar keng bo‘lib, eni 27, uzunligi 72 metrni tashkil etadi. To‘rt tasmali yo‘ldagi yangi ko‘prikning o‘tkazish qobiliyati, harakat xavfsizligini ta’minlash darajasi keskin oshdi.

Inshootning ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar barpo etildi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют