» » Bahodir Yo‘ldoshev, Abduhoshim Ismoilov, Sevara Nazarxon va boshqalar. Prezident fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

Bahodir Yo‘ldoshev, Abduhoshim Ismoilov, Sevara Nazarxon va boshqalar. Prezident fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at xodimlaridan bir guruhini mukofotladi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, ular “xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, madaniyat, adabiyot, san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini ta’minlash ishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko‘p yillik samarali ishtiroki uchun” mukofotlangan.

Jumladan, “Diydor” teatr-studiyasi rahbari Bahodir Yo‘ldoshev “Buyuk xizmatlari uchun”, “Maqom” ansambli rahbari Abduhoshim Ismoilov, yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyev, aktyor Abzal Rafiqov “Fidokorona xizmatlari uchun”, Klara Jalilova, Munojot Yo‘lchiyeva, Zamira Suyunova, Sevara Nazarxon “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida salkam 100 yoshni qarshilayotgan shoir Shukrullo ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют