» » Bob Dilan ma’ruza o‘qishdan bosh tortsa Nobel mukofoti uchun to‘lanadigan salkam 1 mln dollardan mahrum bo‘ladi

Bob Dilan ma’ruza o‘qishdan bosh tortsa Nobel mukofoti uchun to‘lanadigan salkam 1 mln dollardan mahrum bo‘ladi


2016-yilning adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Bob Dilan 10-iyunga qadar an’anaviy Nobel ma’ruzasini o‘qishi lozim, aks holda 8 million kron (909 ming dollar) miqdoridagi mukofotdan mahrum bo‘ladi. Bu haqda Shvetsiya akademiyasi doimiy kotibi Sara Danius ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Shvetsiya akademiyasi oxirgi oylarda Bob Dilan bilan telefon orqali muloqotda bo‘lmaganini bildiradi. Shunday bo‘lsa-da, Dilan mukofotning pul qismi to‘lanadigan bo‘lsa, 10-iyundan kech bo‘lmagan muddatda Nobel ma’ruzasini o‘qishi lozimligidan xabari bor. Nobel qo‘mitasi nizomi shuni taqozo etadi. Qanday yo‘l tutish endi uning o‘ziga bog‘liq”, — deya ta’kidladi Sara Danius. 

Shvetsiya akademiyasi doimiy kotibi nima bo‘lgan taqdirda ham Bob Dilan adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lib qolishini bildirdi. 

Ma’lumot uchun, Bob Dilan 1—2-aprel kunlari Shvetsiya poytaxti Stokgolmda konsert beradi. 

Опубликовано: admin (29-03-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют