» » Donald Tramp koinotni navbatdagi harbiy harakatlar sohasi deb atadi

Donald Tramp koinotni navbatdagi harbiy harakatlar sohasi deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kosmik kuchlar qo‘mondonligi ishga tushirilganini e’lon qildi. Tramp ushbu qo‘mondonlikni yaratish bo‘yicha qarorni 2018-yilning oxirida imzolagan edi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Amerika qo‘shinlarining yangi bo‘linmasi mamlakat manfaatlarini va AQSh sun’iy yo‘ldoshlarini koinotda himoya qiladi, shuningdek, kosmik chiqindilarni kuzatib boradi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShning koinotdagi erkin harakati o‘zlari tomon uchirilgan har qanday raketani aniqlash va yo‘q qilish imkonini beradi. “Kosmik qo‘mondonlik Amerikaning koinotdagi hukmronligiga hech qachon tahdid qilmasliklariga kafolat beradi. Kosmik qo‘mondonlik harbiy harakatlarning navbatdagi sohasi koinotda Amerika manfaatlarini himoya qiladi”, — deydi AQSh prezidenti.

Qo‘mondonlikka general Jon Reymond boshchilik qiladi. Yangi bo‘linma AQShning 11-jangovar qo‘mondonligiga aylandi. Dastlab qo‘mondonlik tarkibidan 287 kishi o‘rin oladi. U aynan qayerda joylashishi hozircha noma’lum.

Shuningdek, AQSh koinotni tadqiq qilishda yadroviy tizimlarni yaratish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari Vashington 2023-yildan boshlab kosmik parvozlarda Rossiya xizmatidan foydalanishni to‘xtatish niyatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют