» » O‘zbekistonda Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.

Yoshlar akademiyasiga rahbarlik Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosariga yuklanadi. Akademiyaga o‘zlarining innovatsion loyihalari va g‘oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo‘lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni tanlov asosida qabul qilinadi.

Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Qaror bilan Fanlar akademiyasining Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tugatildi va uning 5 ta shtat birligi amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolingan holda Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vazirlikka o‘tkazilayotgan shtat birliklari hisobidan Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi va u Yoshlar akademiyasining ishchi organi etib belgilanadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslarning innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari jami mablag‘larining yiliga 10 foizi miqdoridagi mablag‘lari har yili jamg‘armaga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют