» » Islandiya Yevro–2016 da Angliyani mag‘lub etganiga 9 oy to‘ldi. Mamlakatda tug‘ilish soni keskin ko‘payib ketdi

Islandiya Yevro–2016 da Angliyani mag‘lub etganiga 9 oy to‘ldi. Mamlakatda tug‘ilish soni keskin ko‘payib ketdi


Mart oyining so‘nggi dam olish kunlari (25—26-mart) Islandiya milliy shifoxonasida dunyoga kelayotganlarning noodatiy katta soni qayd etildi. Bu haqda Independent nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.

Tug‘uruqxonaning navbatchi shifokorlaridan birining aytishicha, mamlakatda tug‘ilishlar soni Islandiya terma jamoasining Yevro–2016 musobaqasi nimchorak finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida birinchi bor Yevropa chempionati chorak finaliga chiqqaniga 9 oy to‘lganidan keyin keskin ko‘payib ketdi.

Islandiya terma jamoasining muvaffaqiyatidan so‘ng 2016-yilning iyul oyida Reykyavik shahrida futbolchilarni, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingdan 30 minggacha muxlis kutib olgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют