» » Bosh prokuratura o‘lim bilan tahdid qilingan jurnalist ishi jiddiy o‘rganilayotganini ma‘lum qildi

Bosh prokuratura o‘lim bilan tahdid qilingan jurnalist ishi jiddiy o‘rganilayotganini ma‘lum qildi


Bosh prokuratura Andijon viloyatidagi mutasaddilarni tanqid ostiga olgan jurnalist Xurshid Daliyevga nisbatan tahdid qilinayotgan holat bo‘yicha izoh bergan.

Vaziyat jiddiyligi e’tiboridan surishtiruv natijalari haqida ma’lumot berishni so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildik.

Mahkama matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Xurshid Daliyevning arizasi 2019-yil 28-avgust kuni Namangan shahar IIBga kelib tushgan. Hozirda IIB tomonidan tegishli harakatlar olib borilib, arizada ko‘rsatilgan telefon raqam egasini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.

Avvalroq, Xurshid Daliyev Andijon viloyatidagi mutasaddilarni tanqid ostiga olgach, ismi-sharifi noma’lum shaxs uni o‘ldirish bilan tahdid qila boshlagani, shundan so‘ng jurnalist “Human.uz” saytida bayonot bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

Xurshid Daliyev tanqidiy-tahliliy chiqishlari bilan e’tiborga tushgan jurnalist. Bir muddat “Yoshlar” telekanalida faoliyat ko‘rsatgan. So‘ng ijodiy faoliyatini “Kun.uz” saytida davom ettirgan. Ayni paytda “Human.uz” saytining asoschisi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют