» » Botir Zokirov rasman Qurilish vaziri bo‘ldi

Botir Zokirov rasman Qurilish vaziri bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 31-avgustdagi farmoniga muvofiq, Botir Zokirov Qurilish vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan 2018-yil aprelidan buyon qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan Qurilish vaziri lavozimi vakant bo‘lib turgan edi.

Botir Zokirov 1963-yilning 28-iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) quruvchi-muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1980-yilda Toshkent instrumental zavodida mehnat faoliyatini boshlagan. 1985—1990-yillarda “Toshsantexmontaj” trestida ishlagan. 1990-yilda esa “12-trest” qurilish shirkatida ish boshlab, bu yerda chilangarlikdan boshqaruv kengashi raisi lavozimigacha ko‘tarilgan. 2011-yilda Prezident farmoni bilan bosh vaziri o‘rinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.

Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrdagi farmoniga muvofiq, Botir Zokirov Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar yangi tarkib topgan amaliyotga ko‘ra, hukumat a’zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqqan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qurilish vaziri lavozimi uchun taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют