» » Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning kredit asosida mashina xarid qilish ehtiyojini o‘rganmoqda

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning kredit asosida mashina xarid qilish ehtiyojini o‘rganmoqda


Xalq ta’limi vazirligi “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan taqdim etilgan aksiyaga ko‘ra, o‘qituvchilarning kredit asosida mashina xarid qilish ehtiyojini o‘rganmoqda. Bu haqda “Togri.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi hamda “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan o‘qituvchilar uchun maxsus aksiya tashkil etilgan. Ushbu avtokredit aksiyasi 15-sentabrga qadar davom etadi.

?Xalq ta’limi vazirligi o‘rinbosari Temurjon Komilov imzolagan xatda barcha hududiy boshqarmalardan o‘qituvchilarning kredit asosida avtomobil xarid qilishga ehtiyojini o‘rganish so‘ralgan. Ushbu ma’lumotlar vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga taqdim etilishi kerak.

Xabarda aytilishicha, “Asakabank” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan imtiyozli avtokredit shartlariga muvofiq, o‘qituvchilar avtomobil narxining 50 foizi miqdorida to‘lov qilib, yillik 5 foiz stavkadagi kredit evaziga avtomobilga ega bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, avtokredit 2 yilga beriladi. Shuningdek, “O‘zavtosanoat“ tomonidan o‘qituvchilarga ayrim mashinalarni avtokredit orqali sotib olishda chegirmalar taqdim etiladi. Masalan, Tracker’ga 11,6 foiz (chegirma bilan 190 million so‘m bo‘ladi), Malibu’ga 7,4 foiz chegirma berish nazarda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют