» » Xalq ta’limi vazirligi Kosonsoy tumanida o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda

Xalq ta’limi vazirligi Kosonsoy tumanida o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda


Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlik huquqiy nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va qonunchilik doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda “Ovoz.uzedu.uz”  sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют