» » Xalq ta’limi vazirligi yagona maktab formasi bo‘yicha axborot berdi

Xalq ta’limi vazirligi yagona maktab formasi bo‘yicha axborot berdi


Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha xabar berdi.

2018-yil 19-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida 509-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjat bilan 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorning 3-bandidagi va 7-bandlarigagina o‘zgartirish kiritilgan.

Mazkur qarorga ko‘ra, yagona maktab formasi 2019—2020-o‘quv yilidan emas, balki 2024—2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

509-sonli qaror Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” hozirgi kunda ham amalda. Shu bois o‘quvchilardan mazkur nizom talablariga rioya etishlari so‘raladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют