» » To‘raqo‘rg‘onda Lacetti yarim tunda beton to‘siqqa urildi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘onda Lacetti yarim tunda beton to‘siqqa urildi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi


2019-yil 3-sentabr kuni soat 01:30 larda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan 31 yoshli Sh.N. Lacetti rusumli avtomashinasini To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi “Pungon—Namangan” yo‘lining 69-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni nazorat qila olmay, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi.

YTH oqibatida haydovchi Sh.N. va mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, “Obod” mahallasida yashagan 31 yoshli O.A. hamda “Movarounnahr” mahallasida yashovchi 27 yoshli B.N. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi Sh.N. va yo‘lovchi O.A. kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют