» » Made in Uzbekistan. Butun dunyo tanimoqda

Made in Uzbekistan. Butun dunyo tanimoqda


Artel kompaniyasi 4-sentabrdan 6-sentabrgacha bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Aquatherm Almaty 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Aquatherm Almaty isitish, sovitish, konditsionerlash va ventilyatsiyalash uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘rta Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi.

Aquatherm Almaty 2019 ko‘rgazmasida Artel quyosh, gaz va elektr energiyasida ishlaydigan suv isitgichlarni hamda sanoat va maishiy konditsionerlarni taqdim etgan.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Italiya, Koreya, Turkiya kabi davlatlar kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Aquatherm Almaty 2019 ko‘rgazmasida isitish sovitish uskunalarini ishlab chiqarish sohasidagi dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashish, yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishish va ularni ko‘zdan kechirish, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan aloqa o‘rnatish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Alohida aytish lozimki, Aquatherm Almaty xalqaro munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash, chet el korxonalari bilan yangi hamkorlik munosabatlarini yaratish va eksport aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish uchun yo‘l ochib beradi.

Chet el davlatlari bilan biznes-aloqalar o‘rnatish Artel mahsulotlarini xorijga eksport qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Xorijiy bozorlarda Artel mahsulotlarini paydo bo‘lishi esa, o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan belgilangan eng ustuvor vazifalardan biri, ya’ni O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Prezidentimiz aytganlaridek, “Eksportsiz bitta ham korxonaning kelajagi yo‘q. Mamlakatning kelajagi yo‘q”.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan Artel mahsulotlari mehmonlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Artel stendini ko‘zdan kechirgan barcha mehmonlar esa korxona mahsulotlarini yuqori baholashmoqda.

Aytish lozimki, Artel kompaniyasi mahsulotlariga chet el korxonalari qiziqishining ortib borishi nafaqat Artel, balki Made in Uzbekistan konsepsiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar Artel kompaniyasi misolida yurtimiz korxonalari dunyoning yetakchi kompaniyalari mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishi uchun barcha imkoniyatlarga egaligiga ishonch hosil qilishmoqda, desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют