» » Rishtonda aliment to‘lamaslik uchun MIB xodimini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Rishtonda aliment to‘lamaslik uchun MIB xodimini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi


Aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzini berishni istamasdan Majburiy ijro byurosining Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisini kaltaklagan Uchariq tuman fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 30-avgust kuni Rishton tuman MIB ijrochisi qarzdor M.M. ismli fuqaro bilan uchrashib, aliment to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarzlarini undirish uchun unga MIB tuman bo‘limiga borishi lozimligini bildirgan. Biroq M.M. uni haqorat qilib, yerga yiqitib kaltaklagan.

Mazkur holat yuzasidan 5-sentabr kuni Rishton tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avgust oyida Qashqadaryoning Koson tumanida yashovchi fuqarolardan biri elektrdan noqonuniy foydalanayotganini aniqlagan MIB xodimlarini kaltaklagan edi. Iyul oyida esa Surxondaryoda elektrdan qarzi tufayli tarmoqdan uzib qo‘yilgan uy egalari ham MIB xodimlarini do‘pposlagandi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Farg‘onada 75 ming so‘m qarzdorlikni deb yana bir MIB xodimi kaltaklangan edi. Toshkentlik ayol MIB xodimiga shapaloq tortib, keyin unga tuhmat qilgani ham tarmoqlarda ancha muhokama bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют