» » Sirdaryoda MIB xodimiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi

Sirdaryoda MIB xodimiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi


Joriy yilning 6-aprel kuni soat 17:10 da Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi davlat ijrochilari D.Eshbayev, O.Umarov va Sh.Gulmurotovlar qarzdor A.Yarovdan undiruvchi S.Mamajanova foydasiga 2 million 800 ming so‘mdan ziyod qarzdorlikni undirish maqsadida, qarzdorning “Yangiobod” MFY “Darvozaqir” qishlog‘idagi yashash manziliga borgan. Bu haqda MIB “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qarzdor A.Yarov davlat ijrochisi Sh.Gulmurodov bilan tortishib, unga qarshilik qilib, bo‘ynidan bo‘g‘ib, tanasining turli joylariga urib, tepib, tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, avtomashinasida o‘tirgan davlat ijrochisi Sh.Gulmurodovni chap qo‘l qismining kaftiga tan jarohati yetkazib, o‘z xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Oqibatda, olgan tan jarohatlari tufayli davlat ijrochisi Sh.Gulmurodov kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Boyovut tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Yarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют