» » “Ipak Yo‘li” banki Niderlandiya taraqqiyot banki bilan kelishuv imzoladi

“Ipak Yo‘li” banki Niderlandiya taraqqiyot banki bilan kelishuv imzoladi


“Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion banki FMO (Financierings-Maatschappij voor Ontwikkelingslanden N.V.) bilan o‘zbek so‘mi ekvivalentida 20 million AQSh dollariga teng kredit ajratish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Ushbu kredit liniyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad xususiy sektorda energiya samaradorligini yuksaltirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.

“Ipak Yo‘li” banki Niderlandiya taraqqiyot bankidan energiya jihatdan samarador va ekologik toza loyihalar uchun shu kabi kredit liniyasini jalb qilgan birinchi o‘zbek banki hisoblanadi.

Energiya resurslariga bo‘lgan narx-navoning muntazam oshishi sharoitida ushbu kredit liniyasi bank mijozlariga energiya xarajatlarini optimallashtirish uchun zamonaviy uskunalarni xarid qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkonini beradi.

Kredit uchun maqbul loyihalar quyidagilar:

— qayta tiklanuvchi energiya uchun uskunalarni ishlab chiqish, ularni sotish va o‘rnatish;

— eskirgan ishlab chiqarish uskunasini yangi energiyani tejaydigan uskunalarga almashtirish;

— eskirgan ishlab chiqarish uskunasini almashtirish va ko‘mir, dizel yoki benzin iste’molidan suyultirilgan tabiiy gazga o‘tkazish;

— suv iste’molini optimallashtirish;

— zaharli ishlab chiqarish xomashyosini ekologik jihatdan toza va qayta ishlangan materiallarga almashtirish;

— benzin va dizel yoqilg‘isi asosida ishlaydigan avtotransport vositalarini elektr, gibrid va suyultirilgan tabiiy gazda harakatlanadigan dvigatelli avtotransport vositalariga almashtirish;

— yerning ifloslanishidan xalos bo‘lish, mahalliy chorva mollari va ekin navlaridan foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi loyihalari;

— chiqindilarni qayta ishlash va ularni boshqarish va boshqalar.

Bundan tashqari FMO’ning qarz mablag‘lari quyidagi mezonlarga javob beradigan loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekistonning kichik korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi mumkin:

— mikro moliyalashtirish

— agrokorxona

— ayol tadbirkor

— 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkor

Ma’lumot uchun:

FMO Niderlandiya qirolligi taraqqiyot banki 1970-yilda rivojlanayotgan bozorlarda biznes, loyihalar va moliya institutlariga investitsiya kiritish orqali xususiy sektorni barqaror qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. “Ipak Yo‘li” banki FMO Niderlandiya taraqqiyot banki bilan 2013-yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, “Ipak Yo‘li” banki 20 yildan ortiq xalqaro hamkorlik doirasida Yevropa rekonstruksiya va rivojlanish banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Commerzbank, Jahon banki, Xususiy biznesni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi, KfW singari dunyoning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda bank turli horijiy hamkorlarining umumiy miqdori 370 million AQSh dollariga teng kredit liniyalarini jalb qilgan.

Oxirgi yildagi MBRR, ABR, MFK, DEG, YeBRR va FMOning umumiy miqdori 84 million AQSh dollariga teng kredit liniyasi ham shular jumlasidandir.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют