» » Aleksandr Lobanov hatto qatarlik murabbiy ham uni haqorat qilgani haqida aytib berdi

Aleksandr Lobanov hatto qatarlik murabbiy ham uni haqorat qilgani haqida aytib berdi


O‘zbekiston — Qatar o‘yini vaqtida qatarliklar murabbiyi Aleksandr Lobanovni haqorat qilib turgan. Bu haqda darvozabonning o‘zi o‘yindan so‘ng “Championat.asia” saytiga aytib berdi.

Ikkinchi bo‘lim darvozam ortida qatarlik murabbiy turgandi. U meni haqorat qilardi. Men esa unga javob berdim.

Aleksandr Lobanov, darvozabon

Uchrashuv “Sport” kanali orqali translyatsiya qilinganida Lobanovning javobi ko‘rinib qolgandi. O‘sha vaziyatda sharhlovchi Dilshodbek To‘xtabekov Lobanov to‘pni tezroq olib berishni so‘rab bolakaylarga o‘shqirmoqda degan taxminni ilgari surdi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni qatarlik murabbiyga yuzlangan bo‘lgan.

Bunda qatarlik mutaxassis Lobanovni qanday so‘zlar bilan haqorat qilganiga oydinlik kiritilmagan. Shuningdek, Lobanov unga qaysi tilda javob qaytargani ham ma’lum emas.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют