» » Samvel Babayan futbolchilar jarohati borasida “Paxtakor” siyosatidan norozi ekani haqida aytdi

Samvel Babayan futbolchilar jarohati borasida “Paxtakor” siyosatidan norozi ekani haqida aytdi


O‘zbekiston — Qatar o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan “Paxtakor” klubidan norizo ekanini ma’lum qildi.

Tarkibda muammolar bor. Shu sabab O‘zbekiston klublariga e’tirozim bor. Masalan, “Paxtakor”, “Bunyodkor”. “Paxtakor”ning bir yo‘la uch futbolchisida jarohat bor edi: Igor Sergeyev, Stanislav Andreyev va Aleksandr Lobanov. Klublar bilan jiddiy ish olib borishimiz zarur.

Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi

Jarohatlardan kafolatlanmagan futbolda klublar bilan aynan nima uchun jiddiy ish olib borish kerakligiga Samvel Babayan oydinlik kiritmagan. Avvalroq “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan terma jamoa murabbiylari sabab Eldor Shomurodov xizmatidan yetarli darajada foydalana olmagani haqida aytib o‘tgadi.

Samvel Babayan suhbat davomida nima uchun jarohati bor futbolchilarni Qatarga qarshi o‘yinning asosiy tarkibiga kiritganiga izoh bermagan. Qayd etish kerak, Aleksandr Lobanov ham, Igor Sergeyev ham asosiy futbolchilar sifatida harakat qildi.

Vaholanki mana shu jarohatli futbolchilarning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlar bor edi. Shulardan biri Qatar Yulduzlar ligasining olti o‘yinida 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Ma’lumot uchun, Igor Sergeyev hal qiluvchi saralash bosqichining yetti o‘yinida maydonga tushib, 1 ta ham gol ura olmadi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют