» » Ektor Kuper jamoasi Iroq bilan o‘ynaydi, Drulovich shogirdlari esa Eronga qarshi maydonga tushadi

Ektor Kuper jamoasi Iroq bilan o‘ynaydi, Drulovich shogirdlari esa Eronga qarshi maydonga tushadi


O‘zbekiston terma jamoasi va olimpiya terma jamoasi 9-sentabr, dushanba kuni o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. 10-sentabr kuni JCh—2022 2-bosqich saralash o‘yinlarining 2-turi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda O‘zbekiston dam oladi va FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etilgan.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa Eronga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. 6-sentabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yin o‘zbekistonliklarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Bu safar Lyubinko Drudlovich shogirdlari “Paxtakor” stadionida forslarga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik o‘yinlari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют