» » O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar joriy etiladi

O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar joriy etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, birinchidan, 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar a’zo bo‘ladi. “Bu o‘zgarish aholining notarial idorada navbat kutib qolishi va idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini oladi” — deya izoh bermoqda Adliya vazirligi.

Ikkinchidan, mol-mulklar bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda ham bir qator talablar bekor qilinadi. Xususan, 2020-yilning 1-yanvaridan e’tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Uchinchidan, bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Xususan, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Notarius xizmati sifatli va tezkor bo‘lishi kerak. Bu fuqarolarning ularga nisbatan ishonchini mustahkamlaydi. Notariat sohasida o‘tgan yillarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, notariatning faol modeli doirasida elektron hujjat almashinish tizimi yaratilgan va fuqarolar ko‘plab hujjatlar yig‘ishdan ozod bo‘ldilar. Endi bu ishlarni notariuslarning o‘zi sanoqli daqiqalarda onlayn tarzda amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, xodimlar ishini avtomatlashtirish va ularni monitoring qilishning samarali vositalari yaratildi.

Shuningdek, tizimda ortiqcha byurokratik to‘siqlar, navbatlar ko‘pligi, sansalorlik va suiiste’molchiliklar kabi ko‘plab muammolar ham mavjud bo‘lib, ularga sohada tub isolohotlar o‘tkazmasdan barham berishning imkoni yo‘q edi.

Yangi qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni sohada yangi davrni boshlab beradi.

Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston adliya vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют