» » Davlat soliq boshqarmasi poytaxt bozorlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan disk sotgan soxta tadbirkorlarga qarshi reyd o‘tkazdi

Davlat soliq boshqarmasi poytaxt bozorlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan disk sotgan soxta tadbirkorlarga qarshi reyd o‘tkazdi


Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan poytaxt bozorlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida Bektemir tumani “Qo‘yliq dehqon bozori” hududida fuqaro Eshonqul Dilmurodov (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) ro‘yxatdan o‘tmasdan savdo faoliyatini amalga oshirayotgani aniqlandi. Natijada 287 dona umumiy qiymati 1 million 435 ming so‘mlik sifatsiz, litsenziyalanmagan, kontrafakt DVD va CD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Shuningdek, fuqaro Boymurat Eshmatovning ham noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Hech qanday hujjatsiz disk mahsulotlari bilan savdo qilayotgan soxta tadbirkordan 263 dona, umumiy qiymati 1 million 315 ming so‘mlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda fuqaro Ne’matulla Boltayev tomonidan “Aviasozlar dehqon bozori” yonida jami 350 dona umumiy bahosi 1 million 750 ming so‘mlik kontrafakt disklar noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Hech qanday hujjatlarsiz savdo qilayotgan yana bir fuqaro Salohiddin Roziqovdan umumiy bahosi 3 million 280 ming so‘mlik 656 dona kontrafakt disk mahsulotlari vaqtincha olib qo‘yildi. Ushbu fuqaro noqonuniy savdo faoliyatiga voyaga yetmagan yoshlarni ham jalb qilgan.

“Eski juva dehqon bozori” hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida 8 nafar fuqaro tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, ulardan jami 1824 dona umumiy qiymati 7 million 365 ming so‘mlik DVD disklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют