» » “Yonilg‘i uchun oyligimizdan ushlab qolishadi”. Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari avtoxo‘jalik rahbariyatidan norozi

“Yonilg‘i uchun oyligimizdan ushlab qolishadi”. Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari avtoxo‘jalik rahbariyatidan norozi


Qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchilari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbariyatidan norozi. Haydovchilarning “Daryo”ga shikoyat qilishicha, chaqiruvga chiqqan avtomobillarning yonilg‘isi uchun ularning oyligidan ham ushlab qolinadi.

15 yildan beri tez tibbiy yordam tizimida haydovchilik qilib kelayotgan Ulug‘bek Fayzullayevning aytishicha, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbariyati Hyundai avtomobillari uchun AI 91 markali benzin berishi kerak. Ammo ular AI 80 markali benzin beradi.

— Nostandart benzin berishgach, avtomobilda yonilg‘i sarfi oshib ketadi va oqibatda ko‘p yonilg‘i sarflaymiz, — deydi Ulug‘bek Fayzullayev. — Masalan, biror bir tumanga chaqiruv bilan ketadigan bo‘lsak, issiq ob-havo paytida konditsionerni yoqamiz. Qolaversa, chaqiruvga shoshgan paytlarimiz mashinani tez haydaymiz. Standart yonilg‘i quyilmagani bois, benzin sarfi oshadi. Oqibatda 10 litr benzin emas, 15-20 litr benzin ishlatamiz. Ortiqcha sarflangan yonilg‘ini “sotgansizlar”, deb bizning hisobimizdan olib qolishadi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi hisobchisi Murtazo G‘afforovning tan olishicha, haqiqatan ham har oy haydovchilar ish haqidan ma’lum bir miqdordagi mablag‘ ushlab qolinadi.

— Faqat putyovkaga qo‘shimcha benzin yozib kelib, benzin sarfini noto‘g‘ri ko‘rsatgan haydovchilarning oylik ish haqidan ortiqcha qilingan xarajat ushlab qolinadi, — deydi Murtazo G‘afforov. – Boshqa ortiqcha, noqonuniy ushlab qolishlar bo‘lmaydi.

Aniqlanishicha, maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi viloyatdagi 6 ta neftbaza bilan hamkorlik qiladi. Rahbariyatning aytishicha, avtoxo‘jalikda benzin markasini tanlash imkoniyati yo‘q.

— Vazirlikdan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga fond tashlab beriladi va o‘sha fond mablag‘lari hisobidan buyurtma qilingan yonilg‘ini tegishli neftbazalardan olamiz, bizda benzin markasini tanlash imkoniyati yo‘q, — deydi avtoxo‘jalik mutasaddisi Hamza Qodirov. – Bu masalani o‘zimiz ham vazirlikka olib chiqdik. Vazirlikning aytishicha, AI 91 markali benzinni birjadan xarid qilishimiz kerak ekan. Bizda bunday imkoniyat yo‘q.

Avtoxo‘jalik bosh muhandisi Hamza Qodirovning ma’lumot berishicha, agar Hyundai avtomobillariga haqiqatan ham AI 91 markali benzin mo‘ljallangan bo‘lsa-yu, AI 80 benzin solinsa, yoqilg‘i sarfi ko‘payadi.

Haydovchilarning shikoyat qilishicha, avtomobilning benzin baki muhrlansa-da, haydovchilarni hisobi chiqamayotgan benzinni sotishda ayblashadi.

Haydovchi Jamol Qudratovning ma’lum qilishicha, har oy maoshidan 130-200 ming so‘m miqdorida pul ushlab qolinadi. Sabab sifatida ko‘p yonilg‘i sarflagani aytiladi.

— Benzin quyib berishgach, bakni, albatta, muhrlashadi, ammo yana “benzin sotgansizlar”, deb oyligimizdan 200 ming so‘mgacha ushlab qolinadi, - deydi Jamol Qudratov. – Tushuntirsak-da, eshitishni xohlashmaydi.

Damas haydovchisi Odil Oltiyev esa avtokorxona rahbariyati nafaqat benzin, hatto avtomobil ehtiyot qismlari uchun ham haydovchilarga “jarima” solishini ma’lum qilmoqda.

— Avtomobilga shina sotib olish uchun ham bizdan pul so‘rashadi, - deydi Odil Oltiyev. — Bir mashinani 4 nafar haydovchi haydashini hisobga olsak, har bir haydovchidan alohida tartibda ballonga deb pul olinadi.

Tez tibbiy yordam haydovchilarining qo‘shimcha qilishicha, avtoxo‘jalik rahbariyati kundalik xarajatlar — moy va filtr almashtirish, shina yamatish kabi xarajatlarni ham haydovchilar zimmasiga yuklaydi.

Avtoxo‘jalik rahbariyati esa bu iddaolarni tamoman rad etmoqda.

— Tez tibbiy yordam avtomobillarining moyi hamda filtrini almashtirish haydovchilarga qolmagan, — deydi Murtazo G‘afforov. – Buning uchun maxsus xizmat bor. Servislarimiz ishlab turibdi. Faqat buning uchun haydovchi hafsala qilib, servisga borishi va haqini talab qilishi kerak.

“Daryo” tahririyati ushbu masalaga mutasaddi rahbarlar e’tibor qaratib, tez tibbiy yordam haydovchilarini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topilishida tashabbus ko‘rsatishlarini so‘rab qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют