» » Ektor Kuper ishdan ketib, Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladimi? Asosiy ma’lumotlar

Ektor Kuper ishdan ketib, Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladimi? Asosiy ma’lumotlar


O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Jahon Chempionatining 2-saralash bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi. Falastin bilan o‘yindagi mag‘lubiyat va Iroqqa qarshi o‘rtoqlik bahsidagi nursiz durang sabab terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper lavozimidan olinishi haqida gap-so‘zlar bolalab ketdi. Va hatto 11-sentabr kuni mahalliy nashrlardan biri “Bunyodkor” ustozi Vadim Abramovning mamlakat bosh jamoasi boshqaruviga kelishi haqida yozib chiqdi. “Daryo” esa mazkur voqeliklarni bir sahifaga joylashga harakat qildi.

O‘zbekiston 5-sentabr kuni Falastinga qarshi bahsda nursiz o‘yin ko‘rsatdi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Oradan bir kun o‘tib, vaqtida mamlakat futbolida faoliyat olib borgan, ayni damda esa Qatarda ishlayotgan taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbayev terma jamoa va Kuper haqida yozib chiqdi: “Agarda Kuperni iste’foga chiqarish qarori qabul qilinsa, bunga pul kerak bo‘ladi. Buning ustiga yangi murabbiy jalb qilish uchun ham mablag‘ talab qilinadi. Bilishimcha, buning uchun O‘FAda pul yo‘q. Avvalgi rahbariyat juda dabdabali hayot kechirgan va nafaqat Mirabror Usmonov davridan qolgan (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 2 million dollar atrofida) pullar, balki so‘nggi ikki yil ichida O‘FA hisobiga tushgan boshqa mablag‘larni ham ishlatib yuborgan”.

Bir muddat avval o‘z faoliyatini boshlagan “Togri.uz” internet-nashri 11-sentabr kuni “Vadim Abramov terma jamoaga qaytishi mumkin” sarlavhali xabar bilan chiqish qildi.

Xabarda aytilishcha, “Bunyodkor” klubining shaxsi ochiqlanmagan vakili O‘FA rahbariyati Ektor Kuperni lavozimidan ozod qilib, uning o‘rniga Vadim Abramovni olib kelish fikrida ekanligini ma’lum qilgan. Klub vakili ham xuddi Nikimbayev singari Kuperning maoshi katta ekanligi, agar u ishdan ketgan taqdir murabbiyga katta miqdorda tovon puli to‘lanishi kerakligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, manba “Bunyodkor” Abramovni jamoada qolishni istashini, agar u terma jamoaga o‘tgan taqdirda ham parallel ravishda ish olib borishi mumkinligi haqida aytgan. Shu bilan birga vakil Abramov borasida “Bunyodkor”ga rasmiy taklif tushmaganini bildirgan.

O‘z o‘rnida nashr Vadim Abramovning o‘ziga aloqaga chiqqan. Ammo murabbiyning o‘zi bu gaplardan bexabar ekanligini ma’lum qilgan.

“Daryo” nashri voqeliklarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning munosabatini bilish maqsadida tashkilotning matbuot va media departamenti direktori Davron Fayziyev bilan bog‘landi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vadim Abramovning terma jamoa boshqaruviga kelishi haqida ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Shuningdek, Kuperning iste’fosi haqida ham hali hech qanday gap-so‘z yo‘q. “Bularning hammasi shunchaki gap-so‘z”, — deydi Fayziyev. U, shuningdek, Ektor Kuperning so‘nggi o‘yinlardagi ishi tez orada o‘rganib chiqilib, muhokama qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Yo‘q. Qayd etish joiz, aylanayotgan gap-so‘zlardan Kuper o‘rniga faqatgina Vadim Abramovning kelishi mumkinligi aytilmoqda. Falastindan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng argentinalik mutaxassis quyidagicha chiqish qildi:

“Saralashda endi bittagina o‘yin o‘tkazdik, xolos. Bitta o‘yindan keyin iste’fo haqida gapirish juda ham noo‘rin, deb hisoblayman”.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper O‘zbekiston termasiga murabbiy bo‘lishidan oldin u bilan bir vaqtda Zlatko Dalich, Karlush Keyrush va Temur Kapadze kabi mutaxassislar mamlakat bosh jamoasi ustozligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.

Mavzuga doir: Ektor Kuperning O‘zbekistondagi safari ham qaridi(mi?)

Ushbu voqeliklar fonida Vadim Abramovning O‘zbekiston milliy terma jamoadagi faoliyatiga nazar solib o‘tamiz.

Abramov 2010-yil aprelida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Ungacha mutaxassis Toshkentning “Lokomotiv” klubini boshqarib kelayotgan edi. Uning oldiga 2011-yil yanvarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo‘yiladi. Abramovning Osiyo Kubogidagi natijasi esa ko‘pchilikka ma’qul keldi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor musobaqa yarim finaliga qadar yetib bordi.

Guruh bosqichi

Chorak final

3-o‘rin uchun bahs

JCh—2014 2-saralash bosqichi

3-saralash bosqichi

4-saralash bosqichi

Eronga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng ertasi kuniyoq (2012-yil 4-iyun) Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют