» » OAV: Ektor Kuper iste’foga chiqariladi

OAV: Ektor Kuper iste’foga chiqariladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper lavozimidan ketadi va bu borada tez orada rasman e’lon qilinadi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat bosh jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichini Falastinga qarshi mag‘lubiyat bilan boshlaganidan so‘ng O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati murabbiyni ishdan olish fikriga kelgan.

Mavzuga doir: Ektor Kuper ishdan ketib, Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladimi? Asosiy ma’lumotlar

Qayd etilishicha, tomonlar shartnomani ikki tomonlama kelishuv asosida bekor qilish bo‘yicha muzokaraga kirishgan.

Ta’kidlanishicha, endilikda terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi uchun ikki nomzod ko‘rib chiqilmoqda: 2017-yildan buyon “Paxtakor”da ishlayotgan Shota Arveladze va hozirda “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Vadim Abramov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashkilot rasmiy vakillari bilan “Daryo” bog‘langanda Kuperning iste’foga chiqarilishi va uning o‘rniga Vadim Abramovning olib kelinishi “shunchaki gap-so‘z” deya ta’riflangandi.

Mavzuga doir: Ektor Kuperning O‘zbekistondagi safari ham qaridi(mi?)

Ma’lumot uchun, Kuper bilan 2018-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 30-noyabrigacha, JCh—2022 saralash sikli uchun shartnoma tuzilgandi va agar terma jamoa Qatarda o‘tkaziladigan mundialga yo‘llanma olsa, shartnoma avtomatik tarzda turnir yakunigacha uzaytirilishi nazarda tutilgandi.

Xabarga ko‘ra, Kuperning yillik maoshi miqdori 2 million yevro atrofida. Ayni vaqtda murabbiy bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi uchun qancha miqdorda kompensatsiya to‘lanishi kerakligi bo‘yicha aniq ma‘lumot yo‘q. Manbaning tasdiqlashicha, kompensatsiya miqdori shartnomaning qolgan muddati uchun belgilangan maosh miqdoridan ancha kam bo‘ladi.

Eslatish joiz, O‘zbekiston futboli tarixida murabbiylar uchun berilgan eng katta maosh braziliyalik Luis Felipe Skolariga tegishli. U 2009—2010-yilgi mavsumda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida yiliga 12 million dollar atrofida maosh olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют