» » “Marvarid” bolalar guruhi Moskvadagi xalqaro festivalning ikki yo‘nalishida chempion bo‘ldi

“Marvarid” bolalar guruhi Moskvadagi xalqaro festivalning ikki yo‘nalishida chempion bo‘ldi


Moskva mezbonlik qilgan o‘smirlar va bolalar ijodi xalqaro festivalida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan “Marvarid” bolalar studiyasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda guruh rahbari Gulchehra Ergasheva jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

O‘n sakkizinchi bor tashkil etilgan bu festival 1999-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi. Unda ishtirok etgan “Marvarid” bolalar studiyasi bir qator yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Raqs san’ati bo‘yicha o‘zbekistonlik bolakaylarga teng keladigani topilmadi va ular barchani ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Xareografiya yo‘nalishida ham “Marvarid” a’zolari qolgan ishtirokchilardan ustunlik qilib, 1-o‘rin egasiga aylandi.

Shuningdek, 5-8 yoshli bolalarning vokal bo‘yicha musobaqasida “Marvarid” ishtirokchilariga 3-o‘rin nasib qildi.

Guruh rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunda xareograf Dilafruz Mirzayeva, va ustasi vokal Gulnora Muxtorovaning mehnatlari alohida o‘rin tutadi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют