» » Chexiyadagi hayvonot bog‘ida to‘siqdan oshib o‘tgan bolalar flamingoning boshiga yetdi

Chexiyadagi hayvonot bog‘ida to‘siqdan oshib o‘tgan bolalar flamingoning boshiga yetdi


Chexiyaning Yiglava shahri hayvonot bog‘ida 5, 6 va 8 yoshli bolalar to‘siqdan oshib o‘tib, flamingolarni toshbo‘ron qildi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda. 

Ko‘p o‘tmay bolalarni yaqin atrofda ishlayotgan elektrik payqab qoldi va ular qochib qoldi. Ikki bola ko‘p o‘tmay tutildi, uchinchi bola esa hali ham topilmadi. Politsiyaga ko‘ra, ular qilmishlaridan zarracha pushaymon emas. 

Hayvonot bog‘i vakillari ko‘rilgan moddiy zararni 50 ming kron (2 ming dollar atrofida) baholadi. Bu mablag‘ bolalarning ota-onasidan undiriladi. 

Biroq mablag‘ vaziyatni o‘nglashga yordam bermaydi. Bezorilik oqibatida bir flamingo halok bo‘ldi, yana biri og‘ir jarohat oldi. Qolgan qushlar esa kuchli stress holatida ekanligi bildirilmoqda. 

Опубликовано: admin (23-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют