» » Fransiyada brakonyerlar hayvonot bog‘iga kirib, oq karkidonni o‘ldirib ketdi

Fransiyada brakonyerlar hayvonot bog‘iga kirib, oq karkidonni o‘ldirib ketdi


Noma’lum jinoyatchilar Fransiyadagi Tuari hayvonot bog‘iga kirib, karkidonni o‘ldirdi va shoxini qirqib, yashirindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hayvonot bog‘iga ikki yil avval keltirilgan Vins laqabli 4 yoshli navqiron (karkidonlar o‘rtacha 40—50 yil yashaydi) jonivor brakonyerlar qurboni bo‘ldi.

“Ular Vinsni otib tashladi va shoxlaridan birini arralab oladi. Ikkinchi shoxda faqat arra izlari bor. Bundan jinoyatchilarni kimdir cho‘chitgani yoki arra sinib qolganini taxmin etish mumkin”, — deyiladi hayvonot bog‘i ma’muriyati xabarida.

O‘ldirilgan jonivorga ertasiga ertalab unga qaraydigan hayvonot bog‘i xodimasi duch keldi. Ikki boshqa oq karkidon — 37 yoshli Greysi va 5 yoshli Bruno jabrlanmagan.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют