» » Farg‘onada 59 yoshli erkak Makarov pistoletini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi

Farg‘onada 59 yoshli erkak Makarov pistoletini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi


7-sentabr, shanba kuni Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Tadbir davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954-yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют