» » APL. “Manchester Siti” sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi (video)

APL. “Manchester Siti” sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi (video)


14-sentabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 5-turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” klubi “Norvich” maydoniga safar qildi.

Bellashuv davomida “kanareykalar” a’zolari Kenni Maklin (18), Todd Kentuell (28), Teyemu Pukki (50) Ederson Morayes darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “shaharliklardan” Serxio Aguero (45) va Rodri Ernandes (88) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “mankunianlar” mehmonda kechgan bahsda “Norvich”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ayni damda Gvardiola shogirdlari 10 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 12-o‘rinda borayotgan “Norvich” hisobida esa 6 ochko mavjud.

APL

5-tur bahsi

14-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 18 Maklin, 2:0 – 28 Kentuell, 2:1 – 45 Aguero, 3:1 – 50 Pukki

“Norvich”: Krul, Godfri, Bayrem, Lyuis, Amadu, Kentuell, Maklin, Shtipermann (Srbeni, 89), Tetti, Buendia (Drmich, 83), Pukki

“Manchester Siti”: Ederson, Zinchenko, Otamendi, Stounz, Uoker, Rodri Ernandes, Silva (Gabriel Jezus, 57), Bernardu Silva (Mahrez, 73), Gundo‘g‘on (de Bryuyne, 57), Sterling, Aguero

Ogohlantirishlar: Bayrem (45), Maklin (64), Bernardu Silva (69), Kentuell (87)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют