» » Toshkentda 10 ming dollarga bojxona omboridan Damas va Spark olib chiqib berishni va’da qilgan shaxsga qarshi ish ochildi

Toshkentda 10 ming dollarga bojxona omboridan Damas va Spark olib chiqib berishni va’da qilgan shaxsga qarshi ish ochildi


Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli Oybek R. 2019-yil yanvar oyida 35 yoshli Sohib S.ga o‘zini Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) qoshidagi omborxona ishchisi deb tanishtirgan.

Oybek Sohibga DBQ qoshidagi omborxonada saqlanayotgan, musodara qilingan Damas va Spark’ni past narxda olib berishni va’da qilgan.

O‘z “xizmati” evaziga Oybek Sohibdan 10,4 ming dollar va 2 million so‘m olib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

“Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, — deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют