» » “Bolamni tuproqqa bergim yo‘q....” 17 yoshli namanganlik Bekzodbek saxovatli insonlar yordamiga muhtoj

“Bolamni tuproqqa bergim yo‘q....” 17 yoshli namanganlik Bekzodbek saxovatli insonlar yordamiga muhtoj


Bekzodbek Erkinov Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Hozir  17 yoshda. Bir yil oldin unga surunkali mieloleykoz (oqqon kasalligining surunkali davri) tashxisi qo‘yilgan.

“O‘g‘lim Bekzodbekning ahvoli kundan kunga yomonlashib borardi. Namangandagi Gemotologiya markazida bir muddat davolandi, lekin ahvolida o‘zgarish bo‘lmadi. Keyin Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti shifoxonasiga o‘g‘limni olib bordim. Moskvadagi mutaxassislarga tahlilini jo‘natganimizda leykotsitlar 86 foiz ekanligi haqida javobi keldi. Ahvoli juda og‘ir edi. Lekin ikkinchi kurs davolanish muolajalarini olganidan so‘ng, ancha o‘ziga kelmoqda. Yana oldinda beshta kurs bor. Undan keyin qo‘llab-quvvatlovchi muolajalari boshlanadi. Hozirda bitta kursga 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanyapti.

Bitta bolani dunyoda keltirib, 17 yoshga kirgizish oson emas. Uning sog‘lig‘i, hayoti uchun borimni — jonimni berishga tayyorman.... Biroq kasallik nafaqat bolamning, balki oilamizning ham har tomonlama sillasini quritdi. Dori-darmonlar, poytaxtda yashash oson emas ekan. Yaqinlarimiz qarindoshlarimiz, o‘zimizning topib-tutganlarimiz yetmayapti. Yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojmiz”,— deydi biz bilan suhbatda uning onasi Dilorom opa.

Bekzodbekning ahvolida biroz o‘zgarish sezilgan bo‘lsa-da, uning tamomila sog‘ayib ketishi uchun davolanish jarayoni davom ettirilishi zarur. Buning uchun esa tabiiyki, katta mablag‘ talab etiladi.

Shuning uchun ham Bekzodbekning onasi saxovatpesha insonlardan umid ila yordam so‘ramoqda.

Imkon qadar Bekzodbekning sog‘ayib ketishi uchun hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Diloromxon Mamajanova nomiga ochilgan

Agrobank: 8600-0417-0684 6400

Agrobankning Toshkent shahar filialida onasi Diloromxon Mamajanova nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00394

INN: 201200124

Naqd pul topshirish uchun:

2311 6000 600000 394001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun:

2311 8000 400000 394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

2312 0000 900000 394001

Xorijiy davlatlardan yordam bermoqchi bo‘lganlar uchun otasining pasport ma’lumotlari:

Ismoilov Dilshod Erkinovich

Pasport raqami: AV 5370439

Otasi Dilshod Ismoilovning telefon raqami:

+998936705677



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют