» » Xayriya aksiyasi. Leykozga chalingan qizcha moddiy yetishmovchilik tufayli muolajani davom ettira olmayapti

Xayriya aksiyasi. Leykozga chalingan qizcha moddiy yetishmovchilik tufayli muolajani davom ettira olmayapti


Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan 8 yoshli Mushtariybonu Mahamatyusufova yarim yildan beri qo‘rqinchli tashxis — leykoz bilan kurashmoqda.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, unga 58 foizli oqqon tashxisi qo‘yilgan.

“Rossiyaga tahlil jo‘natganimizda, u yerdan ham oqqon javobi keldi. Ikkinchi kurs davolanish muolajalarini olyapti. Hozir yana uchta kurs olamiz, bitta kursda ko‘p bora kimyo terapiyasi oladi. Bitta kurs bir oyni tashkil qiladi. Bu hozirgi paytdagi  muolajaga, bitta kursga kuniga  bir million, oyiga 30 milliondan ortiq mablag‘ talab etilyapti. Hozirga qadar 4000 dollardan ortiqroq mablag‘ sarfladik. Yil davomida qo‘llab-quvvatlovchi kimyo terapiya muolajalarini ham olishi kerak. Davolanish muddati 2 yilni tashkil etadi. Dorilari juda qimmat. Qiyin vaziyatda qoldik. Hozirda gematologiya ilmiy tekshirish institutida qizimni davolanishi, qolgan kurslarni, muolajalarni davom ettirishi uchun moddiy ko‘mak zarur”, — deydi onasi.

Oila shu kunga qadar qizchani davolatishda qarindoshlaridan yordam olgan. Bugunga kelib ularning qarzlari ko‘payib ketgan.

Saxovatpesha insonlardan Mushtariybonuning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Abdullayeva Gulnoza.

Ipotekabank: 8600-3329-3753-9777     

Agrobank: 8600-0423-5379-1253 (Amakisi  Abdullayev Doniyorjon nomiga ochilgan)

Rossiyadagilar uchun Sberbank mastercard plastik kartochkasi hisob raqami: 5336-6900-7764-4708

Hisob raqami egasi Ravshan Raxmatov Raximovichning  telefon raqami: +79052557323 (kunduz kunlari ish bilan bo‘lib, telefonga o‘z vaqtida javob berolmasligi mumkin).

Otasi Anvarjonning telefon raqami: +998903095930

Onasi Gulnoza Abdullayevaning  telefon raqami: +998906306940



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют