» » Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


Bunga qadar O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi iyun oyida Ravshan G‘ulomov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsion va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanganidan buyon vakant bo‘lib qolayotgan edi.

Olimxon Rustamov 1966-yilda tug‘ilgan. U 1989-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan.

2005?2014-yillarda Hisob palatasida bosh inspektor, 2014?2016-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2016?2017-yillarda “O‘zbekneftgaz” raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют